gotquestions.online

XVIII asr oxirida Amerikada asos solingan "Sinsinnati" jamiyati Amerika va Fransiya ozodligi uchun kurashgan respublikachilar tashkiloti edi. XIX asr oxirida Buyuk Britaniyada asos solingan "Fabian" jamiyati esa ishchilar sinfi huquqlari uchun kurashgan sotsialist-islohotchilar tashkiloti edi. Qizigʻi shundaki, respublikachilar ham, sotsialistlar ham oʻz jamiyatlarini Lutsiy Kvinktiy Sinsinnat va Kvint Fabiy Maksim nomlari bilan atashgan. Sinsinnat va Fabiy miloddan avvalgi 458 va 221-yillarda mos ravishda qanday lavozimni egallaganini ayting.

Manba