Nanotexnologiyalarning so'nggi yutuqlari hammaga ma'lum. Ammo Sergey Lukyanenkoning hikoyalaridan birida nanotexnologiya hali XVIII asrdayoq rivojlana boshlaydi. Buning amalga oshishiga sababchi bo'lgan inson hikoyada shunday deydi: "Men yunoncha nanos — mitti so'zidan 'nano' va yunoncha techne — san'at, mahorat so'zidan 'tex' so'zini oldim. Natijada jarangdor va g'ururli 'nanotex' so'zi hosil bo'ldi". Xalq orasida bu odamni "doktor Lem" deb atashgan. Biz uni qaysi familiya bilan taniymiz?