Bu voqea XVIII asrning birinchi yarmida sodir bo'lgan. Ilgari shu odamga bo'ysunuvchi bo'lgan ofitser uni dastlab tanimadi — u hashamatli kamzul va pariklarni oddiy dehqon kiyimiga almashtirgan edi. Ofitserga tushuntirish berar ekan, bu odam shunday deydi: "Men endi tug'ilganimdek kambag'al dehqonman. Meni insoniy ulug'vorlik cho'qqisiga ko'targan Parvardigor, yana o'z aslimga qaytardi". Ushbu uchrashuv bo'lib o'tgan aholi punktini ayting.