XVIII asrda Shimoliy Yevropani qotilliklar toʻlqini qopladi, aksariyat qotillar jannatga tushish umidida jinoyatga qoʻl urishardi. Faqat oʻlim jazosini majburiy katorga ishlari bilan umrbod qamoq jazosiga almashtirish vaziyatni tuzatdi. Savol matnida qaysi toʻrtta harfni tushirib qoldirdik?