XVIII asr boshlarida London gazetalaridan biri shunday yozgan edi: "Koʻchalarimiz koʻk qobonlar, qora oqushlar va qizil sherlar bilan toʻla, uchuvchi choʻchqalar va sovut kiygan toʻngʻizlarni aytmasa ham boʻladi". Haqiqatan ham, deyarli har bir uyda shunday tasvir-peshlavhani uchratish mumkin edi. Bu nima bilan bogʻliq edi?
U paytda hali uylarni raqamlash mavjud emas edi (u 1764-yilda paydo boʻlgan) va tasvirlar raqamlarning oʻrnini bosgan.