Kronshtadt rahbariyati "admirallik" mushuklarini shtat kitoblariga kiritishni va ularga maosh tayinlashni soʻragan. Admirallik kollegiyasi aʼzolari koʻpchilik ovoz bilan iltimosni qanoatlantirishga va har bir mushuk uchun yiliga bir rubl miqdorida maosh tayinlashga qaror qilishgan, "toki ular oʻzlarini munosib tuta olsinlar".