XVIII asr oxirida bir filolog va noshir, feʼl-atvori boʻyicha esa firibgar, Germaniya universitetlaridan birining asoschisi bilan hisob-kitob qilish maqsadida Oksfordda pasvil (hajviya) nashr etadi va unda asoschining yaqin qarindoshlaridan birining ustidan ochiqchasiga kuladi. Bu kitob juda katta mashhurlikka erishadi va koʻplab mamlakatlarda nashr etiladi, garchi oʻsha qarindosh yashagan shahar aholisi uni shaharga yomon nom keltirgani uchun yoqtirmagan boʻlsalar-da, faqat 200 yil oʻtgach fikrlarini oʻzgartirib, hatto unga otliq haykal oʻrnatishadi. Endi gap kim haqida ketayotganini topgan boʻlsangiz, ayting-chi, bu haykalning gʻayritabiiyligi nimada?
Haykal otning faqat oldingi yarmida oʻtirgan chavandozni tasvirlaydi.