Gotfrid Avgust Burger XVIII asr nemis adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri hisoblanadi. 1960-yillarda SSSRda u haqida shunday yozishgan: "1770-1790-yillardagi nemis yozuvchilari orasida u oʻz asarlarida xalqning inqilobiy kayfiyatini, dehqonlarning oʻz zulmkorlari — dvoryanlarga nisbatan murosasiz dushmanlik munosabatini ifoda etgan kam sonli ijodkorlardan biri edi. Uning eng yaxshi asarlarida tekinxoʻr dvoryanlar gʻazab bilan qoralangan...". Shunga qaramay, orangizda Burger qahramonlaridan birortasini biladiganlar deyarli yoʻq boʻlsa kerak, faqat bittasidan tashqari. Uni esa hamma taniydi. Bu kim?