Ushbu orden XVIII asrning ikkinchi yarmida harbiy jasorat uchun mukofot sifatida ta’sis etilgan. Turli mamlakatlarda ko‘plab insonlar u bilan taqdirlangan: turklar ustidan qozonilgan g‘alaba uchun A.V.Suvorov va ingliz E.Kodrington; Napoleon armiyasini tor-mor etgani uchun avstriyalik Shvarsenberg va shved Adlerkreyts; 1871-yilda fransuz qo‘shinlarini mag‘lub etgani uchun nemislar graf Moltke va shahzoda Albert Saksoniyalik; I jahon urushida Germaniya qo‘shinlarini mag‘lub etgani uchun fransuzlar Joffr va Fosh. Bu qaysi orden?