Ular ilk bor XVIII asr boshlarida paydo boʻlgan. Ularni daniyalik Xans Brinkner oʻylab topgan. Biroq, konstruksiya shunchalik mukammal emas ediki, gʻoya unutilib ketdi. Haqiqiy ixtirochi esa belgiyalik fabrikant, musiqa asboblari ishlab chiqarish korxonasi egasi Jozef Merlin boʻldi. 1760-yilda u yangilikni London saroyiga taqdim etdi. Ularning ommalashishida sozandalar va aktyorlar katta rol oʻynadi. 1849-yilda kompozitor Meyerber oʻzining "Paygʻambar" operasiga ular ishlatilgan "figurali uchuvchilar" sahnasini kiritdi. Opera ulkan muvaffaqiyat qozondi, hatto tomoshabinlar Parij "Opera"siga ariyalar uchun emas, balki gʻayritabiiy tomoshadan bahramand boʻlish uchun kela boshlashgani haqida gap-soʻzlar yurardi. Gap nima haqida ketmoqda?