Hozirda ayollar emansipatsiyasi haqida koʻp gapiriladi. Ammo XVII asr Fransiyasida, qattiqqoʻl kardinal Rishelye davridayoq markiza de Nesl va grafinya de Polinyak bu borada alohida shuhrat qozongan edi. Biroz vaqt oʻtgach, Lyudovik XIV davrida oʻzining injiq va jizzaki feʼl-atvori bilan tanilgan opera xonandasi Mopen ham shunday obroʻga ega boʻldi. XIX asrda esa malika Metternix va grafinya Kilmansegg juftligi eng shov-shuvli boʻldi. Bu aslzoda xonimlar nima bilan shugʻullanishgan?