Sizlardan ko'pchiligingiz "Fivaida" asarini yozgan rimlik shoir Publiy Papiniy Statsiy haqida eshitmagan bo'lsangiz kerak. Vaholanki, XVII asrgacha u Gomer va Vergiliydan keyingi uchinchi buyuk epik shoir hisoblangan. Ammo Ma'rifatparvarlik davrida yangi Yevropa Statsiyni avval tanqid qildi, keyin esa unutdi. Zamonaviy oksfordlik noshirning iborasi bilan aytganda, o'rta asrlarda Statsiyda hozirgi ikkinchilardan ko'ra birinchilar ko'proq bo'lgan. Bu yerda "birinchilar" va "ikkinchilar" kimlar?