Meksikadagi futbol boʻyicha jahon chempionatini eslang. SSSR — Vengriya oʻyini paytida Bessonov vengerlar darvozasiga uchta gol uradi. Agar ushbu uchrashuv XVII asr oʻrtalarida Angliyada boʻlib oʻtganida, oʻyindan keyin Bessonovga nima sovgʻa qilishgan boʻlardi?
Shlyapa. Agar oʻyinchi uchta gol ursa, u "xet-trik" qildi deyiladi. Xet-trik oʻzbekchaga tarjima qilinganda "shlyapa bilan tryuk" degan maʼnoni anglatadi. Angliyada bunday oʻyinchiga shlyapa sovgʻa qilishgan.