XVII asr birinchi choragida Usmoniylar sultoni Ahmad I Istanbul shahridagi Ayo Sofiya ibodatxonasining roʻparasiga undan ham hashamatli boʻlgan masjid qurishga buyruq beradi. Xalq orasidagi gap-soʻzlarga koʻra, sulton masjid meʼmoriga minoralar SHUNDAY boʻlsin deb buyruq beradi. Lekin meʼmor sultonning gapini notoʻgʻri eshitib olishi natijasida, minoralar BUNDAY quriladi. Savol: SHUNDAY va BUNDAY soʻzlari oʻrnidagi bir-biridan bitta harfga farq qiluvchi soʻzlarni yozib bering.