Tanaffusdan oldingi oxirgi savol. IKS Rossiyada XVII asr oʻrtalarida, podshoh Aleksey Mixaylovichga "dimlanish, tumov va bosh ogʻrigʻiga qarshi" vosita sifatida yozib berilganda paydo boʻlgan. Oʻshanda IKS "fikrni tezlashtirishi va qalbni quvontirishi" ham sezilgan. IGREKlarni tayyorlashda qogʻozdan foydalaniladi. Hozirda baʼzi firmalar akkumulyatorda ishlaydigan, mikroprotsessor bilan boshqariladigan va hatto svetodiodga ega elektron IGREKlarni ishlab chiqarmoqda. IKS va IGREKlar 2003-yilgi film nomiga kiradi. Biz IKS va IGREKlar bilan almashtirgan ikki soʻzni yozing.