Taxminan uch million atmosfera bosimi ostida BIRINCHI metall holatiga oʻtadi. BIRINCHI tufayli fransuz fiziklari Jan-Aleksandr Sharl va Fransua Roberning sayohati amalga oshdi. IKKINCHIdan esa hali XVII asr boshlarida Korneliy Drebbel oʻzining suvosti kemasida foydalangan. IKKINCHIning radioaktiv izotopi oʻpka ventilyatsiyasini tadqiq qilishda qoʻllaniladi. 1818-yilda fransuz kimyogari Lui Jak Tenar tomonidan ilk bor olingan kimyoviy birikmani ayting.