Xammurapi — miloddan avvalgi XVIII asrda yashagan Bobil podshohi. Xammurapi kutubxonasida asarlar loy lavhalarda saqlangan, ammo vaqti-vaqti bilan bu lavhalar yaroqsiz holga kelib qolgan va ularni qayta koʻchirishga toʻgʻri kelgan. Koʻchirib yozuvchi lavozimi sharafli boʻlsa-da, oʻta xavfli edi. Singan lavha uchun uni qamchi bilan savalashlari, imlo xatolari uchun esa oʻng qoʻlini kesib tashlashlari mumkin edi. Xoʻsh, qaysi aybi uchun koʻchirib yozuvchini kutubxona devoriga tiriklayin koʻmib yuborishlari mumkin edi?