Angliyada XVI asrda ushbu jinoyatni sodir etganlar davlat dushmani deb e’lon qilingan va bo‘yniga arqon bog‘lanib shahar bo‘ylab aylantirilgan. Rossiyada — oyoq kaftlariga 60 marta urilgan, takroran sodir etganlarning esa burni yoki qulog‘i kesilgan. Rim papalari buning uchun cherkovdan haydashni taklif qilishgan. Kelajak avlodlarga o‘rnak bo‘lishi uchun ushbu jinoyatda ayblangan besh rohib monastir devori ichiga tiriklayin ko‘mib yuborilgan. Bu qanday jinoyat?