Bir kuni bu inson Fransiya qiroli Lyudovik XVI qabuliga keladi. Uning nutqini tinglagach, qirol faqat bitta eʼtiroz bildiradi: "Bu yarim doira nima uchun? Nahotki hamma [soʻz tushirib qoldirilgan] bir xil boʻlsa?" Shundan soʻng qirol oʻz qoʻli bilan yarim doirani qiyshiq chiziqqa almashtiradi. Biz sizdan tushirib qoldirilgan soʻzni soʻramaymiz. Qirol qabuliga kelgan insonning familiyasini ayting.