XV asr boshlarida bask kit ovlovchilari Yevropa qirgʻoqlarida kulrang kitlarni muvaffaqiyatli qirib bitirdilar va qora silliq kitlarni ovlashga kirishdilar. XV asr oxiriga kelib, qora kitlar ham Yevropa suvlarida deyarli butunlay yoʻq qilindi va basklar Amerikaga yoʻl oldilar. Labrador va Nyufaundlend qirgʻoqlaridagi qora silliq kitlar soni 1570-yilga kelib sanoqli darajaga tushib qoldi. Bask kit ovlovchilari kelajakda yana qanday «qahramonliklar» koʻrsatishi nomaʼlum edi, biroq bir holat ularga xalaqit berdi. Aynan nima?