XV asr boshlarida ushbu shaxs sud qilinganida, u 54 ta band boʻyicha ayblangan. Mana ulardan baʼzilari: oxiratni inkor qilgan; oʻliklarning tirilishiga ishonmagan; akasining xotini bilan yotgan; yuzlab qizlarni yoʻldan urgan; oʻz jinsi vakillari bilan buzuqlik qilgan; yomon illatlarga homiylik qilgan va hokazo. 54-bandda shunday xulosa qilingan: "U — iblisning timsolidir". Shunga qaramay, u bunday hollarda qoʻllaniladigan gulxanda yoqilishdan qutulib qolgan va keyinchalik Muqaddas Cherkov tomonidan... Kim deb tan olingan?