Lyudovik XV davrida kabrioletlar urfga kira boshlaganda, ayollar boshqargan ekipajlarning tajribasizligi tufayli yoʻllarda baxtsiz hodisalar soni keskin ortib ketdi. Shuning uchun maxsus qonun chiqdi, shundan soʻng Parij koʻchalarida ayollar boshqaradigan kabrioletlar umuman uchramaydigan boʻldi. Gap shundaki, ushbu qonunga koʻra, ayollarga kabriolet boshqarishga faqat maʼlum bir parametr 30 dan kam boʻlmagan taqdirdagina ruxsat berilardi. Ushbu parametrning oʻlchov birligini ayting.