Rim imperiyasining koʻplab savodli kishilari undan foydalana olishgan. Uning ashaddiy tarafdorlari orasida Sitseron, Yuliy Sezar, Tit Flaviy boʻlgan. Ammo oʻrta asrlarda u iblisning ixtirosi deb hisoblana boshlagan, undan foydalanganlar esa sehrgarlar roʻyxatiga kiritilgan. Faqat XV asrga kelibgina u Rim davri ilk xristian matnlarini tarjima qilayotgan bilimli rohiblar orasida yana tarqala boshladi. Shunga qaramay, hatto hozir ham, bilimdonlar davrasida uning 1-2 tadan ortiq mutaxassisi topilishi dargumon. Bu nima?