Xrushovning AQSHga tashrifi chogʻida Eyzenxauer bilan rasmiy kechki ovqat rejalashtirilgan edi. Tegishli dress kod boʻyicha - oq kapalak galstuk bilan frak kiyilishi lozim edi. Lekin SSSR rahbarlarida nafaqat kapalak galstuklar, balki hatto fraklari ham yoʻq edi. Voqiyalar guvohining yozishicha, kechki ovqatda kim kim ekanligini tushunish qiyin emas edi. “Agar kimdir galstuk taqib, qora rangli kostyum kiygan boʻlsa demak u rus, oq kapalak galstukli frak kiyganlar esa amerikalik. D.S. Qora kapalak galstuk taqqanlar kimlar boʻlishgan? Amerikalik olimlardan biri "ularni” ajratib olishning bir yoʻli bor, yaʼni "nuqta" bilan "pat" dir degan. Biz boʻlsa ularni "U" harfi bilan ajrata olamiz. Diqqat savol: Ular kimlar?