XIX asrda sanoat inqilobi davrida ogʻir sharoitlarda ishlayotgan fransuz ishchilari ishdan boʻshab keta olmasdilar, buning oʻrniga fabrika va zavodlar ishini bir muddatga toʻxtatib qoʻya olardilar. Ularning keng qoʻllagan usuli esa yogʻoch poyabzallarini zavodlardagi dastgohlar ichiga otib, ularni ishdan chiqarish edi. Eshitganlaringiz qaysi soʻzning kelib chiqish tarixidir?