Koʻphadni koʻpaytuvchilarga ajratishda baʼzan shunday usul qoʻllaniladi: biror ifoda avval qoʻshiladi, soʻngra ayiriladi. Bir matematik ensiklopediyaga koʻra, ushbu usul XIX asr rus klassigi asari bosh qahramoni nomi bilan ataladi, ehtimol uning mashhur gapi tufaylidir. Ushbu qahramonni ayting.