Diqqat, savolda almashtirishlar bor. Genrix Geyne shunday degan edi: "IKSlar — bu bizning zamonamizdagi xudo, va IGREK — uning paygʻambari". XIX asr maqolida shunday deyilgan: "Yevropada oltita buyuk davlat bor — Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Avstriya-Vengriya, Prussiya va IGREKlar". IGREKlardan birini baʼzi IKSlar ustida koʻrish mumkin edi. IKSlar va IGREKlarni toʻgʻri tartibda ayting.