Ma’lumki, kauri shilliqurtlarining chig‘anoqlari iste’mol qilishga, kuchli mehnat qurollari yoki chiroyli bezaklar yaratishga yaramaydi va o‘z-o‘zidan unchalik qimmatli emas. Shunga qaramay, XIX asr o‘rtalariga qadar Maldiv orollaridan Markaziy Afrika hududiga ushbu kichik chig‘anoqlar bilan to‘ldirilgan butun boshli kemalarni haydab kelish juda foydali edi. Nima uchun?
Bu chig‘anoqlar u yerda pul vazifasini bajargan (orollarda oddiy chig‘anoqlarni yig‘ib, Afrikada ularga xohlagan narsalarini sotib olishgan).