[Boshlovchiga: matnni toʻliq oʻqish mumkin emas; “savol matni ekranda” deb umuman oʻqimaslik yoki “UNI ayting” qismigacha oʻqib, vaqtni boshlash mumkin] XIX asrda Shvetsiyada U tartibga solinmagan edi, bu esa hosilsizlik va ocharchilikka olib kelardi. Keyinchalik tashkil etilgan jamiyat UNDAN tushgan foydani, masalan, odamlar berilib kitob oʻqishi mumkin boʻlgan kutubxonalarga yoʻnaltira boshladi. C, H va O harflaridan foydalanib, UNI ayting.