XIX asrning ikkinchi yarmida Avstriyaga borgan amerikalik pochta dilijansi uchun birinchi klass chiptasini sotib oladi. U birinchi, ikkinchi va uchinchi klass yoʻlovchilari bir-biridan hech ham farq qilmaydigan joylarda oʻtirganini koʻrib hayron qoladi. U konduktorga chiptasining narxi haqida eslatmoqchi boʻlib turganda, dilijans ancha tik tepalik yonida toʻxtaydi va konduktor: "Birinchi klass yoʻlovchilari oʻz joylarida qoladi, ...", deb baqiradi. Konduktorning jumlasini davom ettiring.
"... ikkinchi klass yoʻlovchilari tushib yonida yuradi, uchinchi klass yoʻlovchilari tushib aravani itaradi!".