XIX asr oʻrtalarida Angliya poytaxti aholisi 2 mln edi. Aholi koʻpligi ham dunyo miqyosida ilk bor uni yaratilishiga sabab boʻldi desak boʻladi. 1855-yilda uni yaratish boʻyicha qaror qabul qilindi. U ishga tushgach dastlab undan foydalanganlarda yuzi va kiyimlari qorayib qolgan. Bundan tashqari u joylashgan yerda nafas olish ham qiyin boʻlgan. Ammo bunday kamchiliklar oʻrnini u yaratgan qulaylik qoplagan, birinchi yilda 9 millionlik foydalanish qayd etilgan Savol: Bu nimaning yaratilish tarixi