Tasavvur qiling, siz XIX asrda Volgada turibsiz. Ketayotib bir baliqchi bir uyum osyotr, sterlyad va shunga oʻxshash baliqlar bilan oʻtirganini koʻrdingiz. Siz osyotr sotib olmoqchisiz, yaqinlashib: "Hoy ota, sotiladigan baliq yoʻqmi?" deb baqirasiz. Baliqchi esa sizga rad javobini beradi. U baliqni sizga sotishi uchun nima deyish kerak edi?
"Sotiladigan baliq bormi?" deb soʻrash kerak edi. Baliqchiga "baliq yoʻqmi" deyish — yomon belgi, odobsizlik hisoblangan.