XIX asr oʻrtalarida bir londonlik Leypsigdan noshir Brokgauzdan xat oldi. Brokgauz shunday yozgan edi: "Hurmatli doktor janoblari! Siz nashriyotimiz uchun yozish majburiyatini olgan asaringizning ikkinchi jildini topshirishni bir yarim yilga kechiktirdingiz. Agar ushbu qoʻlyozma yarim yil ichida bizga yetib kelmasa, biz bu ishni boshqa muallifga topshirishga majbur boʻlamiz". Xat oluvchining ismi kim edi?