Diqqat, mantiqiy savol. Tasavvur qiling, siz XIX asr oxiridagi Londonga tushib qoldingiz. Londonning barcha aholisi sogʻlom fikrlaydigan sogʻlom odamlarga va narsalar haqida notoʻgʻri oʻylaydigan telbalarga boʻlinadi. Beyker-stritdagi muloqot. Doktor Vatson: "Xolms, nazarimda missis Xadson sizni aqldan ozgan deb hisoblaydi". Qoʻshni xonaning eshigi ortidan missis Xadsonning qichqirigʻi eshitiladi: "Vatson, oʻzingiz aqldan ozgansiz". Xolms: "Xavotir olmang, doktor, men sizning sogʻlom ekanligingizni bilaman". Ushbu muloqot asosida uning uchta ishtirokchisining salomatligi haqida nima deyish mumkin?