Bir fantastik hikoyada oʻzga sayyoraliklar Yerda oʻz sanoq tizimini joriy etishga harakat qilishadi. Buning uchun ular XIX asrda Yevropada yashagan bir yosh yigitning ongiga ushbu tizimning mukammalligi haqidagi gʻoyani telepatik tarzda singdirishadi. Ularning hisob-kitobiga koʻra, u tizimni dunyoga yoyishi kerak edi va bu uni nihoyatda mashhur qilardi. Biroq keyinchalik oʻzga sayyoraliklar yerliklardan qattiq hafsalasi pir boʻladi: ularning fikricha, tizimga ancha ahmoqona qoʻllanish topilgan edi. Ammo yosh yigit haqiqatan ham mashhur boʻlib ketadi va hatto unvonga sazovor boʻladi. Ushbu insonning familiyasini ayting.