XIX asrda undan nafaqat oʻz maqsadida, balki qoʻshimcha qulayliklar uchun ham foydalanishgan. Tamaki ishqibozlari uchun u tamaki qutisi, shifokorlar uchun stetoskop, pinsat, bint va dori-darmon yashiriladigan joy boʻlib xizmat qilgan. Yozuvchi va rassomlar — moʻyqalam va qalamlarni, musiqachilar ham baʼzi anjomlarini unda saqlashgan. Sizningcha, u fotograflar uchun nima boʻlib xizmat qilishi mumkin edi?