Stolga quyidagilar qoʻyiladi: vino poʻkakchasi, pichoq, bir nechta kitob va ikki quti sigara. Hurmatli bilimdonlar! Bir daqiqadan soʻng siz XIX asr oxirida ingliz ofitserlari ofitserlar klubidagi yaxshi tushlikdan soʻng vaqtni maroqli va foydali oʻtkazish uchun bularning barchasidan qanday foydalanganliklarini koʻrsatib berasiz.
Poʻkakchani koptokcha shaklida kesib, kitoblarni stol oʻrtasiga toʻsiq qilib qoʻyish va sigara qutilari qopqogʻi bilan stol tennisi oʻynash kerak. Har holda, uning ixtiro qilinishi haqidagi rasmiy talqin shunday.