Boris Akunin XIX asr aholisi uchun ushbu tasvirlar bizga qaraganda koʻproq narsani anglatganini taʼkidlaydi. Atirgul qiz yoki yosh ayolni, tugallanmagan ustun — yosh erkakni, ikkita ustun — er-xotinni, qoʻzichoq — begunoh bolani, kapalak — erta yoshlikni, boshoqlar bogʻlami — keksallikni va hokazolarni ramziy ifodalagan. Bu tasvirlar qayerda joylashgan edi?