"Bukri otcha" (Konyok-gorbunok) ertagining omadi hech chopmagan. XIX asrda u podshohga nisbatan satira uchun senzura tahrirlariga uchragan. 1930-yillarda sovet mafkurachilari unda quloqlarni ulugʻlashni koʻrishgan. Nihoyat, zamonaviy Rossiyada ham Ershovning asari ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonun tufayli deyarli taqiqqa tushib qolgan. Prokuraturaga murojaat qilish uchun gʻazablangan podshohning Ivanushka bilan suhbatda aytgan soʻzi sabab boʻlgan. Pushkin va Nekrasov bu soʻzni bir familiya bilan qofiyalashgan. Ushbu "isyonkor" soʻzni yozing.