XIX asrda amalga oshirilgan bitim xaridorga 15 million dollarga tushgan, shundan 10 millioni ikkita ingliz bank uyi orqali 6 foiz stavka bilan olingan. Biroq, bu bitimdan olingan dividendlar mutlaqo hayratlanarli edi — juda koʻp miqdorda oltin, mis, gaz, neft, temir rudasi, koʻmir, uran... Hozirgi vaqtda bitim obyekti 13 ta teng huquqli tomonlar oʻrtasida notekis taqsimlangan boʻlib, ulardan biri ushbu obyekt nomini olgan. Uni ayting.