XIX asr venger shifokori Ignas Filipp Semmelveysning kuzatishlariga ko‘ra, Vena shifoxonalarida tug‘ruq qiluvchi ayollar o‘rtasidagi kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichi uyda doyalari yordamida tuqqan ayollarga qaraganda ancha yuqori bo‘lgan. U ma’lum choralar ko‘rishni talab qildi, buning uchun haqoratlangan akusher-shifokorlar uni o‘z faoliyat sohasidan siqib chiqarishdi. Xuddi shunday kurashni AQShda shifokor va shoir Oliver Uendell Xolms ham olib bordi va u ham o‘ziga nisbatan haqoratlar va hujumlar oqimiga sabab bo‘ldi. Bu odamlar bechora shifokorlardan nima talab qilishgan edi?