XIX asr oʻrtalarida fransuz politsiyasidagi koʻpchilik davlat xizmatiga oʻtgan sobiq jinoyatchi Ejyen Vidokka hasad qilishardi. Ular Vidok faqat mayda baliqlarni tutadi, jinoyat olami "generallarini" esa pora evaziga qoʻyib yuboradi, deb ishontirishardi. Hatto uning qoʻl ostidagilar ham oʻgʻrilik bilan shugʻullanishi haqida gapirishardi. Shunda Ejyen ortiqcha gʻiybatlarga chek qoʻyish maqsadida oʻz brigadasining kiyimiga bitta kichik detalni kiritishga majbur boʻldi. Agar fransuz "Syurte" xodimlari hanuzgacha uni kiyimning tozaligi belgisi sifatida taqib yurishsa, bu qaysi detal ekanligini aniq ayting.