Yana ilmiy-ommabop jurnallar haqida. "Nauka i jizn" jurnalidagi maqolada mashhur mahbus "Temir niqob" kim boʻlishi mumkinligi haqidagi versiyalar sanab oʻtiladi. Maqolaning "Temir niqob" Lyudovik XIV ning egizak akasi boʻlgani haqidagi qismida ushbu gipotezaning otasi hisoblangan Volter, u bilan jiddiy shugʻullangan oxirgi mashhur tarixchi Jyul Mille, Lyudovik XIII, Napoleon va boshqalar tilga olinadi. Unda tilga olingan va 1870-yilda vafot etgan insonni ayting.