XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab Karlov koʻprigi Praga shahrining koʻrkiga aylangan. Aytishlaricha, birinchi gʻishtni qirol Karl IV ning oʻzi 9-iyul kuni soat 5 dan 31 daqiqa oʻtganda qoʻygan. Oʻsha kuni Quyosh Saturn bilan bir chiziqda boʻlgan, bu oʻrta asr astrologiyasiga koʻra baxtli hodisadan darak bergan. Raqamlar ham quruvchilar uchun xayrli boʻlgan. Bu voqea nechanchi yilda sodir boʻlgan?