Diqqat, mashhur Jotto! (Lisenko boʻsh varoq, moʻyqalam va bir banka boʻyoq olib kiradi) Rim Papasi Vatikandagi Avliyo Petr soborini rekonstruksiya qilishni boshlaganda, uning elchilari bunday murakkab vazifani topshirish mumkin boʻlgan rassomlarni qidirishga tushishdi. Elchilardan biri XIV asrning mashhur rassomi Jotto di Bondone huzuriga keldi va Papa baholashi uchun uning bir nechta ishini soʻradi. Javob oʻrnida Jotto moʻyqalam va qogʻoz oldi-da, bir necha soniyadan soʻng varoqni qaytarib: «Shuning oʻzi yetarli. Agar, albatta, Rim Papasi rangtasvirdan xabardor boʻlsa», dedi. Jotto di Bondone bir necha soniyada qilgan ishni bajarish uchun jamoangizda toʻliq bir daqiqa bor.