Voqealari XIV asr o‘rtalarida bo‘lib o‘tadigan "Ritsar tarixi" filmida epizodlardan birida fransuzlar va inglizlarning abadiy qarama-qarshiligi ko‘rsatiladi. Fransuzlar g‘urur bilan Birinchi — fransuz ekanligini aytishadi. Bunga javoban topqir ingliz: "Ehtimol Birinchi fransuzdir, lekin Ikkinchi — aniq ingliz!" deb javob qaytaradi. Tarix Birinchining "boshlig‘i" deb atash mumkin bo‘lgan Ikkinchining millati haqidagi inglizning so‘zlarini tasdiqlamaydi. Ammo Birinchi o‘sha paytda haqiqatan ham fransuz edi. Birinchi va Ikkinchini ayting.