Xitoy boshqotirmasini eshiting. Daryoning qirqogʻida 1 yigit va olma daraxti bor. Daryoning keyingi qirgʻogʻida kasalxonada yigitning buvisi bor. Yigitning buvisi kasallikdan tuzalishi uchun 2 dona olma yeyishi kerak. Qirgʻoq koʻprik bilan bogʻlangan, bir vaqting oʻzida koʻprik yigit va 1 dona olma ogʻirligini koʻtara oladi. Yigit Keyingi qirgʻoqqa oʻtgach koʻprik qulaydi. Yigit X kasbi egasi boʻlgani uchun bu unga muammo tugʻdirmaydi. X soʻzi oʻrta asrlarda nemischada "shpilman" inglizchada "menestrel" portugalchada "xogral" deb atalgan. Diqqat savol: X qanday kasb ekanligini yozib bering.