Lyudovik XIII ning akasi — Gaston Orleanlikning qabulida bong uradigan sevimli soat yoʻqolib qoldi. Hozir boʻlganlardan biri: "Eshiklarni yopish va hamma joyni tintuv qilish kerak", deb taklif qildi. Bunga javoban gersog: "Aksincha, janoblar, hamma ozod, aks holda..." dedi. Uning jumlasini yakunlang.
"... soat bong ura boshlaydi va uni oʻgʻirlagan kishi noqulay ahvolda qoladi."