Ushbu roʻzgʻor buyumi Rusda XII asrda paydo boʻlgan, ammo ancha kechroq keng tarqalgan. Uning podshohona, savdogarona, safarbop kabi turlari boʻlgan... Eng arzonlari — dehqonlarniki — XIX asrda 5-10 kumush rubl turgan, bu taxminan bir sigirning narxiga teng edi. Sepida ushbu buyum boʻlmagan kelin "yaroqsiz" hisoblangan. Arkadak oʻlkashunoslik muzeyidagi (Saratov viloyati) ushbu buyumlar koʻrgazmasida 20 dan ortiq nusxa taqdim etilgan, ularning koʻpchiligi "ryumka", "shar", "dulya" kabi oʻz nomlariga ega. Bu qanday buyum?