XII-XIII asrlarda yashagan Xutulun mohir jangchi va kurashchi ayol boʻlgan. U oʻziga uylanmoqchi boʻlganlarni uni kurashda yengishni shart qilib qoʻygan. Ammo bu sinovdan koʻp nomzodlar oʻta olmay, magʻlub boʻlishgan. Keyinchalik Xutulun hayoti ertak, masallar shaklida Yevropaga ham oʻtgan. Shulardan ilhomlanib bir italyan tomonidan yaratilgan asar ayniqsa mashhurlikka erishgan. Diqqat savol: shu asar bosh qahramoni boʻlgan malikaning ismini yozib bering?